Superkompyuterlar vositasida ob-havoni bashorat qilish rejalashtirilmoqda

Superkompyuterlar modellarni hisoblash orqali ob-havoni bashorat qiladi. Ular gidrotermodinamikaning tenglamalariga asoslanadi va atmosferani simulyatsiya qiluvchi yuz minglab kod satrlaridan iborat bo`ladi. Dastlabki ma’lumotlar sifatida global kuzatuv tizimidan meteorologik ko`rsatkichlar modelga yuklanadi va hisob-kitoblar natijasi kelajakdagi ob-havo bashorati bo`lib ko`rinadi.

So`nggi bir necha yil ichida meteorologlar ob-havoni bashorat qilish uchun kvant kompyuterlaridan foydalanishga umid qilishmoqda. Hatto hozirda mavjud o`ta kuchli superkompyuterlar ham bashorat qilishda barcha omillarni qamrab olishga qodir emas. Kvant hisoblash tizimi esa ularni osongina hisobga olishi va tezroq yechim topishi mumkin. Bu ko`proq odamlarning hayotini saqlab qolish va falokat paytida moddiy zararlarni kamaytirish imkonini beradi.