Trampning ijtimoiy tarmog’i 81 million foydalanuvchiga ega boʻlmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning ijtimoiy tarmoq kompaniyasi 2026-yilga borib 81 million foydalanuvchi to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lishini kutmoqda.

Ushbu prognozlar dushanba kuni Trump Media & Technology Group (TMTG)ni fond bozoriga olib chiqishga urinayotgan Digital World Acquisition Corporation (DWAC) tomonidan qimmatli qog’ozlarni tartibga soluvchi organlarga taqdim etildi.

DWAC, noma’lum institutsional investorlardan yangi loyiha uchun va’da qilingan investitsiyalardan 1 milliard dollar yig’ganini aytdi va uning Trump bilan bo’lgan loyihasi regulyatorlar tomonidan tekshirilganini ta’kidladi.