Turkiya prezidenti qo‘riqchisiga tegishli avtomobil ostidan bomba topildi

Shanba kuni kechqurun Siirt viloyatida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qo‘riqchilariga qarashli avtomobil ostida masofadan turib portlatish uchun tayyorlangan bomba topilgani haqida xabar berildi.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qurilma bugun Turkiya janubida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning nutqi paytida portlatilishi rejalashtirilgan.

Tergov guruhlari joydagi barmoq izlarini olishgan, politsiya esa gumonlanuvchilarni hibsga olish uchun xavfsizlik operatsiyasini boshlagan.

“Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Siirtga tashrifi munosabati bilan qo‘shni viloyatlardan qo‘shimcha xodimlar so‘rash uchun tayinlangan politsiya xodimi Nusaybin tumanidagi yashash manzili oldida turgan shaxsiy mashinasiga o‘tirgan. U mashinaning tagida bir narsani payqagach, u hududdan uzoqlashgan”, — deyiladi politsiya xabarida.