Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida joylashtirish vositalari xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilinadi

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, 2021 yil 6-11 dekabr kunlari Samarqand va Buxoro shaharlarida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur mashg‘ulotlar joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash maqsadiga qaratilgan.

O‘quv-seminar kutib olish va joylashtirish xizmati (reseption), joylashtirish vositasining maʼlum qavati xizmatchisi (housekeeping), servis (F&B) yo‘nalishlari bo‘yicha har kuni uch soatdan (soat 10:00 dan 13:00 gacha) hamda (14:00 dan 17:00 gacha) olib boriladi hamda (seminar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanadi).

Mazkur seminarda ishtirok etish uchun quyidagi maʼlumotlar:

1.  F.I.Sh.

2.  Ish joyi (mehmonxona nomi)

3.  O‘quv-mashg‘ulot yo‘nalishi

4.  Telefon raqamini taqdim etgan holda “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning elektron manzili  (center_cert@mail.ru), https://t.me/tourqualityuz  Telegram kanali yoki + 998 95 199 15 00 raqami orqali murojaat qilish so‘raladi.

Seminarda ishtirok etish bepul,  yakinuda sertifikat beriladi.

O‘quv-seminarini o‘tkazish joyi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.