Yaponiyada iste’mol qilinadigan idishlar ishlab chiqarilmoqda

Yaponiyaning oziq-ovqat sohasida faoliyat ko`rsatadigan kompaniyalari bu ishga ijodkorlik bilan yondashib, atrof-muhitga zarar bermaydigan va hatto yeyishga yaroqli idishlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi.

Masalan, Asahi Group Holdings kompaniyasi yaqindagina kartoshka krahmalidan ishlab chiqarilgan qadahni taqdim qildi. Suntory Holdings nomli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya esa yog`och payharalari va shakarqamishdan ishlangan, ko`rinishidan shishaga o`xshaydigan idishlar prototipini ommaga e’lon qildi.

Kompaniya bunday idishlarni 2030-yilga kelib ommaviy ishlab chiqarishga qo`ymoqchi.