Yaponiyaning xalqaro NIG 2022 yozgi amaliyot dasturi

Yaponiyaning NIG 2022 yozgi amaliyot dasturida ishtirok etish arizalar qabul qilinmoqda. Dunyoning istalgan qismidan barcha xalqaro talabalar Yaponiyada NIG amaliyotida ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Shuningdek, Milliy Genetika Instituti (NIG) Yaponiyadagi xalqaro talabalar uchun ham to`liq moliyalashtirilgan amaliyotni taklif qilmoqda. Ariza topshirish uchun to`lov va IELTS natijasi talab qilinmaydi. Dastur barcha iqtidorli talabalar uchun Yaponiyada professional tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

NIG 2022 amaliyoti 2022-yil 16-iyundan 2022-yil 27-iyulgacha davom etadi. Amaliyotning davomiyligi taxminan 6 hafta. Ushbu amaliyot dasturi barcha xarajatlarni qoplaydi. Muvaffaqiyatli nomzodlar amaliyot dasturi yakunida sertifikat oladilar.

NIG 2022 yozgi amaliyot dasturi tafsilotlari:

Universitet: Milliy Genetika Instituti (NIG);

Ilmiy daraja:  bakalavriat, magistratura;

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Dastur davomiyligi: 2022-yil 16-iyundan 27-iyulgacha;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: Yaponiya;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2022 yil 7 yanvar.