AQSh kelasi hafta Rossiyaga xavfsizlik bo’yicha takliflariga yozma javob beradi

Xavfsizlik kafolatlari bo’yicha Rossiya-Amerika muzokaralaridan xabardor manbalarning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar Rossiyaga Rossiyaning xavfsizlik bo’yicha takliflariga yozma javobni kelasi hafta yetkazishga va’da bergan.

“Amerikaliklar Jenevadagi muzokaralar natijalarini rahbariyatga yetkazishga va kelasi haftada bizga yozma javob berishga va’da berishdi”, – deb yozadi “RIA Novosti” axborot agentligi rossiyalik manbadan iqtibos keltirgan holda.

9 va 10 kunlarda Rossiya delegatsiyasi va Amerika delegatsiyasi Jenevada xavfsizlik kafolatlari bo’yicha muzokaralar o’tkazdi.

Moskva avvalroq bir tomondan Rossiya, ikkinchi tomondan AQSh va NATO o’rtasidagi keskinlik fonida xavfsizlik kafolatlari bo’yicha takliflar kiritgan edi.

Chorshanba kuni Bryusselda Rossiya-NATO kengashi yig‘ilishi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.