AQSh quyosh-natriy-ion batareyali generatorini ishlab chiqdi

AQShning Bluetti startapi 2022-yilgi Consumer Electronics Show (CES) da xo`jalikda foydalanish uchun dunyodagi birinchi natriy-ion quyosh generatorlarini namoyish etadi.

Las-Vegasda joylashgan kompaniya an`anaviy litiy-ion batareyalar o`rniga B480 raqamli natriy-ion batareyalarida ishlaydigan NA300 quyosh generatorini ishlab chiqdi. Ishlab chiquvchining so`zlariga ko`ra, sinus-to`lqinli inverter 3000 Vt soatgacha quvvat ishlab chiqaradi, bu esa aksariyat zamonaviy maishiy texnika vostitalarini quvvatlantirish imkonini beradi.

Natriy-ionli akkumulyatorning chiqarish quvvati 4800 Vt/soat bo`lib, ikkita bir vaqtning o`zida generatorga ulangan 12600 Vt quvvatga ega quyash batareyalariga ham ega. Ular yarim soat ichida 80 foiz sig`imda quvvatlanadi.

Interesting Engineering ma`lumotlariga ko`ra, natriy-ion batareyalari ishlab chiqarishi ancha qimmat va ulardan foydalanish xavfsiz bo`lmagan litiy batareyalariga bo`lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin.