AQShda qor bo’ronidan keyin avtomagistralda harakat toʻxtab qoldi

Qo‘shma Shtatlar shimoli-sharqidagi avtomagistralda hududni qor qoplab, daraxtlar qulaganidan keyin qariyb yigirma soat davomida avtomobillar yo‘lovchilari bilan qor qamalida qolib ketdi.

Vashingtonga olib boradigan 86 kilometrlik A-9 avtomagistralining bir qismi yopilgan. Dushanba kuni bo’ron yigirma santimetrga yaqin qor yog’ishiga olib keldi va bu qor poytaxt Vashingtonni falaj qildi.