Bayden Rossiya hujumi sodir bo`lgan taqdirda chetda turmaslikka va`da berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog`ida Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy hujumi sodir bo`lsa, Vashington chetda turmasligini aytdi. Bu haqda Oq uyning suhbat yakunlari bo`yicha e`lon qilingan xabarida aytiladi.

“Prezident Jozef Bayden bugun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlashdi. Prezident Bayden, agar Rossiya Ukrainaga hujum qilishda davom etsa, Qo`shma Shtatlar va uning ittifoqchilari hamda hamkorlari qat`iy javob berishini aytdi. Liderlar kelasi hafta strategik barqarorlik boʻyicha ikki tomonlama muloqot bilan boshlanadigan diplomatik saʼy-harakatlarni, NATO-Rossiya kengashi orqali NATO va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti uchrashuvlarida qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Prezident Bayden Qo`shma Shtatlar va uning ittifoqchilari va hamkorlarining “sizning xabaringizsiz hech narsa qilinmaydi” tamoyiliga sodiqligini ta`kidladi. U AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. U, shuningdek, Donbassdagi keskinlikni yumshatish bo`yicha o`zaro ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini va Normandiya formatini qo`llab-quvvatlovchi Minsk kelishuvlarini amalga oshirishni ilgari surish uchun faol diplomatiyani ma`qullashini bildirdi”, – deyiladi Oq uy bayonotida.