Elon Mask yangi moliyaviy inqiroz boshlanishini bashorat qildi

Tesla rahbariga dunyoda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan navbatdagi iqtisodiy turg`unlik haqida savol berildi Unga Mask shunday javob berdi: “Makroiqtisodiyotni, yumshoq qilib aytganda, bashorat qilish oson emas. Bu (iqtisodiy inqiroz) 2022-yilning bahorida yoki yozida sodir bo`ladi, lekin 2023-yildan kechikmaydi”.

Maskning taxminicha, keyingi iqtisodiy inqirozgacha mutlaqo oz vaqt qolgan. Ta`kidlash joizki, qator tahlilchilar jahonning bir qator markaziy banklari tomonidan qabul qilingan “yumshatish” siyosati tufayli hosil bo`lgan fond bozoridagi “pufakchalar”ning yorilishi, kriptovalyutalarning bir xil tabiati va “kuchli” o`sishi haqida ancha vaqtdan beri bashorat qilib kelishgan. Inqiroz natijasida ko`plab kompaniyalarning aksiyalari qadri keskin tushib ketadi, ba`zilari esa umuman omon qolmasligi mumkin.