Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirilishidan xavotirda

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In kelasi mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketalarning takror uchirilishidan xavotir bildirdi.

Seul prezidenti idorasi matbuot kotibi Pak Kyung Mining aytishicha, Mun har bir vazirlikka Koreyalararo munosabatlarda bundan keyin keskinlik yuzaga kelmasligi va Janubiy Koreya xalqi keskinlikni his qilmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishni topshirgan.

Koreya prezidenti matbuot kotibi so’zlariga ko’ra, Munning izohlari Shimoliy Koreya Sharqiy dengiz tomon ballistik raketa uchirilganidan keyin bugun ertalab bo’lib o’tgan Milliy xavfsizlik kengashi doimiy qo’mitasi yig’ilishi natijalari to’g’risidagi hisobotlarni olganidan keyin aytildi.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi Shimoliy Koreyaning Shimoliy Chakan viloyatidan Sharqiy dengiz tomon raketani uchirgani va 60 km balandlikda 700 km dan ortiq masofani uchib o‘tganini ma’lum qildi.