JSST O`zbekiston-Xitoy vaksinasini ro`yxatga olishi mumkin

“Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) O`zbekiston-Xitoy ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini kelasi yilning yanvar-fevral oylarida tasdiqlashi mumkin”, – dedi Innovatsion rivojlanish vaziri o`rinbosari, Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova.

“Hozirda JSSTga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda, (tasdiqlanishning) taxminiy kutish vaqti kelasi yilning yanvar-fevral oylari”, – dedi u.

Turdiqulova, shuningdek, ZF-UZ-VAC2001 ning afzalligi, uning delta shtammida sinovdan o`tkazilganligida ekanligini ta`kidladi. Bu vaqtda boshqa vaksinalarning aksariyati esa asl “Vuxan” shtammi asosida ishlab chiqilgan.

Vaksinaning ma’qullanishi uni qabul olgan o`zbekistonliklarga Yevropa mamlakatlari, AQSh va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan vaksinalarning qabul qilinishi majburiy bo`lgan boshqa ko`plab davlatlarga bemalol tashrif buyurish imkonini beradi.