Kobulda spirtli ichimliklar kanalga oqizildi

“Tolibon” hukumati alkogolga qarshi kurash choralarini kuchaytirayotgan bir paytda, unga aloqador guruh poytaxt Kobuldagi kanalga 3000 litrga yaqin spirtli ichimliklarni oqizib yo‘q qilgani ma’lum qilindi.

Bosh razvedka boshqarmasi poytaxtdagi reyd chog‘ida musodara qilinganidan so‘ng, o‘z a’zolarining bochkalarga solingan spirtni suv kanaliga oqizayotgani aks etgan yozuvni e’lon qildi.

Razvedka xodimi: “Musulmonlar spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va tarqatishdan oʻzlarini tiyishlari kerak”, dedi.

U reyd o‘tkazilgan yoki spirtli ichimliklar yo‘q qilingan sanani oshkor qilmagan, biroq agentlik bayonotida operatsiya chog‘ida uch savdogar qo‘lga olingani tasdiqlangan.