Millionlab afg`onistonlik boshpanasiz qolgan

Migrantlar uchun xalqaro tashkilot (IOM) bergan ma’lumotga ko`ra, 2021-yili sodir bo`lgan voqealar oqibatida Afg`onistonda 664,000 ga yaqin insonlar boshpanasiz qolgan. 

“Hozirgi vaqtda mamlakatda 5.5 millionga yaqin inson boshpanasizdir yoki xavfli hududlarda yashashga majbur qolgandir, ayni paytda 2021-yilgi ichki nizolar tufayli 664,000 ga yaqin inson ham ko`chada qolgan. Bu hujjatlarda ko`rsatilmagan,pasportga ega bo`lmagan, Eron va Pokistondan qaytishga majbur bo`lgan 924,744 dan ko`p  insonlar,  qo`shni mamlakatlardan qaytib kelgan yana 2.2. nafar qochoqlar va 3.5 million hech qanday hujjati bo`lmagan afg`onistonliklar ham bordir,”-deyiladi hisobotda.

Juda ko`plab muammolarga uchragan afg`onistonliklar orasida boshpanasiz insonlar va qochoqlarning yanada ko`payishi kutilmoqda.

5 nafar farzandning onasi Narmi Kobulda yashaydi.

“Hayot o`tib bormoqda. Hukumat menga yordam bermadi. Uyimizda yegani hech vaqo yo`q,” deydi ayol.

Narmi og`ir ahvolda qolgan yuz minglab boshpanasiz afg`onistonliklardan faqatgina bir nafaridir.

“Urush va yo`qchilik tufayli uylarimizni tashlab ketishga majbur bo`ldik. Ovqat toppish uchun ishlayabman,” deydi boshpanasiz qolgan Muhammad Afzal.

BMT ning Afg`onistondagi sobiq matbuot xodimi Nosir Ahmad Haydarzayning aytishicha: “Biz shunday bir sharoitga tushib qolganmizki, na xalqaro tashkilotlar va na Afg`oniston bizni bu ahvoldan qutqara oladi.”