Nyu-York bosh prokurori Tramp, Ivanka va kichik Donaldni chaqirtirdi

Nyu-York bosh prokurori AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning o‘g‘li kichik Donald va to‘ng‘ich qizi Ivankani oilaning biznesi bo‘yicha tergovgacha chaqiruv qog‘ozi chiqardi.

Qarorda Bosh prokuror Letisiya Jeyms Tramp va uning ikki o‘g‘lidan Tramp va uning kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yoki nazorat qilinadigan mulk qiymati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotgani yuzasidan guvohlik va hujjatlar talab qilinayotganini ma’lum qildi.

20 dekabr kuni Tramp Jeymsga qarshi sudga murojaat qilib, uning biznesi boʻyicha olib borayotgan tergovni toʻxtatishga urindi.

Tramp va uning oilaviy ko‘chmas mulk kompaniyasi Nyu-York shtatidagi federal sudga bergan da’vosiga ko‘ra, Jeymsning 2019-yil mart oyida boshlangan tergovi sobiq prezidentning konstitutsiyaviy huquqlarini buzgan.

Tramp va uning advokatlari uzoq vaqtdan buyon tergov siyosiy sabablarga koʻra boʻlganini taʼkidlab kelishgan. Tramp oʻz daʼvosida bosh prokurorning ishi faqat siyosiy dushmanlik va oddiy fuqaroga nisbatan taʼqib qilish, qoʻrqitish va oʻch olish istagidan iborat”, deb taʼkidlagan.