Oyda avvalroq topilgan “sirli kulba” oddiy tosh bo`lib chiqdi

Dekabr oyida Xitoyning “Yuytu-2” roveri oyning uzoq burchagida Fon Karman kraterida bo`lganida, ufqda sirli kvadrat shaklidagi obyektni ko`rib qoldi. Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi mutaxassislari noodatiy topilmani “sirli kulba” deb atadi.

Olimlar obyektga katta qiziqish bildirishdi, shuning uchun ular hatto oy roverining asl yo`nalish dasturini o`zgartirishga, uni sirli obyektni o`rganish uchun yuborishga qaror qilishdi. Koinotda joylashgan sirli obyekt roverdan atigi 80 metr uzoqlikda joylashgunga qadar transport uzoq yo`l bosdi.

Chuqurliklar va toshlardan qochish zarurati tufayli roverning o`rtacha tezligi kuniga taxminan 90 smga to`g`ri keldi. Shuning uchun Yuytu-2 “sirli kulba”ni faqatgina bir oydan keyin batafsil o`rganishga muvaffaq bo`ldi.

Nihoyat “kulba”ga yetib kelgan Xitoy oy roveri obyekt haqidagi barcha tasavvurlarni yo`qqa chiqardi. Aniqlanishicha, u eng oddiy Oy toshi bo`lib chiqdi.