Oyga kim birinchi boradi?

Xitoylik raketa konstruktorlari tez orada yangi oy dasturini amalga oshirishda Qo`shma Shtatlar bilan farqni sezilarli darajada qisqartirishga umid qilmoqda. NASA rasmiylari astronavtlarni Oyga qo`ndirish rejalarini 2025-yilga qadar kechiktirish haqida gapirayotgan bir paytda, xitoyliklar fazogirlar tomonidan birinchi boshqariladigan Oy ekspeditsiyalarini oldinroq rejalashtirilgan 2030-yildan 2026-yilga ko`chirish rejalari haqida xabar berilmoqda.

Xitoy raketalarining bosh konstruktorlaridan biri Chanchjen raketasining 400 martalik parvoziga bag`ishlangan tadbirda bergan intervyusida yangi raketa ekipaj bilan taxminan 2026-yilda Oyga uchirilishini aytdi.

Chanchjen raketalari oilasi konstruktorining ishonchi komilki, Oy tomon uchiriladigan missiya rejalari albatta amalga oshadi va bu boradagi kerakli ishlar allaqachon olib borilmoqda. Loyiha avval o`ylangandek og`irroq Chanchjen-9 raketasiga emas, balki Chanchjen-5 raketasiga asoslangan bo`ladi. Balandligi 90 metr bo`lgan uch bosqichli yangi raketa Oy atrofidagi orbitaga 27 tonna foydali yukni olib chiqishga qodir.

Og`irroq Chanchjen-9 raketasi 2028-yilda kutilayotgan yangi Oy missiyasi doirasida uchiriladi.