O’zbekistonda ilk bor baland tog‘ muz maydonining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, Amirsoy Mountain Resort hududida «Amirsoy» muz maydoni ochildi, ayni kunda vazirlik tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

«Amirsoy» muz maydoni O‘zbekistonda birinchi baland tog‘da joylashgan umumiy maydoni 70×41 m2 muz yʼolagi hisoblanadi. Muz maydonida uchish xizmatlari yarim soatlik va bir soatlik seanslar orqali taqdim etiladi. Dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar zarur hollarda individual va guruh darslaridan foydalanishlari mumkin. Barcha mashg‘ulotlar professional instruktorlar nazorati ostida interaktiv tarzda o‘tkaziladi. Shuningdek, muz maydoni o‘ziga xos– yorug‘ yulduzlar nuri ostida maftunkor kechki muz maydonida uchish xizmatini ko‘rsatadi.

Muz maydoni hududida jamoaviy sport o’yini – kyorling ham o’rin olgan. Har bir mo’ljalga urishdan maqsad toshni imkon qadar shaxsiy hudud markaziga yaqinroq otish yoki raqibining toshlarini shaxsiy hududdan chiqarib yuborishdan iborat.

Yozda muz maydoni hududi sport maydonchasiga aylantiriladi, bu erda dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar rolik va skeytbordlarda uchishlari mumkin. O’z navbatida, Archa maydoni tashrif buyuruvchilar uchun shirm-barga ega terassaga  aylantiriladi, u yerda ular sneklar yoki fastfudlar bilan tamaddi qilib olishlari mumkin bo’ladi.