Qozog`istonda “Google” solig`i joriy etildi

Qozog`istonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab Soliq kodeksiga “Google solig`i” deb nomlangan soliq turini nazarda tutuvchi o`zgartirishlar kiritiladi.

“O`zgartirishlarga ko`ra, onlayn platformalar orqali xizmat va tovarlarni sotadigan barcha xorijiy kompaniyalar respublika byudjetiga qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashi shart bo`ladi”, – deb xabar qildi Milliy iqtisodiyot vazirligi.

QQS stavkasi sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdori bo`yicha 12 foizni tashkil qiladi. Bu qozog`istonlik to`lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlik hisob-kitoblariga ko`ra, ushbu QQS solig`idan byudjet daromadi yiliga 2 mlrd tengega oshadi.

Kompaniyalar soliq to`lovchilari sifatida ro`yxatdan o`tishlari shart emas. Soddalashtirilgan tartibda ular soliq organlariga xat yuborishlari va QQSni to`lashga tayyorligi haqida xabar berishlari yetarli.