Qozog`istonda vazirlar va deputatlar maoshlari besh yil davomida oshirilmaydi

Qozog`iston mansabdor shaxslari va deputatlarining maoshlari besh yil davomida hozirgi miqdorda qoladigan bo`ldi. Bu haqda Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev hukumat bilan uchrashuv chog`ida ma`lum qildi, ko`rsatuvni “Xabar-24” telekanali uzatib turdi.

“Hukumat a`zolari, viloyatlar hokimlari va oʻrinbosarlari ish haqini oshirishga besh yillik moratoriy e`lon qilish mumkin deb hisoblayman”, – dedi Tokayev. Prezident bu qarorini amaldorlarning maoshi “shundoq ham yetarli” ekanligi bilan asosladi.

Avvalroq Tokayev Qozog`iston rasmiylari fuqarolar bilan samarasiz muloqotda bo`lganlarini aytgan edi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, davlat organlari rahbarlari xalq bilan qanday muloqot qilishni bilmaydilar yoki hatto ular bilan uchrashishdan qoʻrqishadi. “Hukumat a`zolari muntazam ravishda hududlarga borishi, hokimlar esa aholi bilan uchrashuvlar tashkil etishi kerak”, – dedi Tokayev.