Tesla AQShda yarim millionga yaqin elektromobillarni qaytarib oladi

Tesla Inc. AQShda 475 000 ga yaqin avtomobilni chaqirib oladi. Bu kompaniyaning o`tgan yilgi global sotuv hajmiga tengdir. “Avtomobillar baxtsiz hodisalar xavfini oshirishi mumkin bo`lgan texnik nuqsonlar tufayli chaqirib olinadi”, – deb xabar bermoqda Bloomberg.

Kompaniya 2017-yildan 2020-yilgacha ishlab chiqarilgan barcha Model 3 elektromobillarini qaytarib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu miqdor 356 309 donani tashkil etadi. Muammo shundaki, mashinaning orqa kapoti yopilish jarayonida kuzatuv kamerasi simlari shikastlangan bo`lishi mumkin.

Shuningdek, Tesla 2014-yildan beri ishlab chiqarilgan 119 009 tagacha Model S elektromobillarini old kapotning kutilmaganda ochilib ketishi sabab bo`lishi mumkin bo`lgan nosoz old qulf tufayli qaytarib oladi.

Kompaniya barcha texnik nosozliklarni bepul bartaraf etadi, shundan so`ng avtomobillar egalariga qaytariladi.

Tesla, shuningdek, xavfsizlik muammolari tufayli 2021-yilning yozida Xitoydan 285 ming elektromobilni qaytarib olgan edi.