Tesla Xitoyning Shinjon shahrida ko`rgazmalar zalini ochdi

Tesla kompaniyasi Xitoyning Shinjon-Uyg`ur avtonom viloyati poytaxti Urumchi shahrida ko`rgazmalar zalini ochdi. Qo`shma Shtatlar majburiy mehnat bilan bog`liq xavotirlar tufayli mintaqada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilishni taqiqlagan edi.

“2021-yilning so`nggi kunida biz Shinjonda uchrashamiz. Keling, birgalikda 2022-yilda Shinjonga “elektr-sayohatga” chiqamiz”, – deyiladi Teslaning Weibodagi sahifasida.

The Wall Street Journal nashrining ta`kidlashicha, ko`plab kompaniyalar Shinjondagi faoliyati tufayli muammolarga duch kelishmoqda. Nemis ishlab chiqaruvchisi Volkswagen AG qonun ishlab chiqaruvchilari va huquq himoyachilari tomonidan Urumchidagi zavodni saqlab qolgani uchun tanqid qilindi. Kompaniya ta`minot zanjirlarida majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yo`qligini ta`kidladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden 2021-yil dekabr oyida Shinjonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilishni taqiqlovchi farmonni imzolagan edi. Vashingtonning da`vo qilishicha, uyg`urlar va boshqa turli ozchilik millat vakillarini assimilyatsiya qilish kampaniyasida ishtirok etgan shirkatlar va shaxslarga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilingan.