Xitoyda portlashga dosh beradigan yonilg`i quyish roboti taqdim qilindi

Chorshanba kuni Xitoyning Tibet avtonom tumanidagi Lhasa aeroporti ekspress yoqilg`i quyish shoxobchasida portlashdan himoyalangan yoqilg`i quyish roboti ishga tushirildi.

2D va 3D tasvirlar va harakatlanuvchi 3D platformasi bilan robot transport vositalariga aniqroq moslasha oladi. Uning mexanik qo`llari shikastlanish xavfini kamaytiradi. Robotning qo`li va yoqilg`i quyish uskunasi bitta birlik sifatida yaratilgan.

Barcha asosiy komponentlar past harorat, balandlik sharoitida ishlashga va kuchli ultrabinafsha nurlanishidan himoyalangan. Mijozlar yonilg`i quyish vaqtida mashinasidan tushmasdan robotni ilova orqali “uyg`otishi” mumkin.