Yangi qurilgan IES O`zbekistonning yagona elektr tarmog`iga ulandi

Buxoro viloyatida quvvati 270 megavattli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida O`zA saytida xabar berilgan edi.

2022-yil 11-yanvar kuni soat 16:32 da ushbu stansiya O`zbekistonning yagona elektr tarmog`iga quvvat uzatishni boshladi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko`ra, Buxoro viloyatidagi ilk issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, viloyatning 80 foiz iste`molini qoplaydi.

Qurilmalarning foydali ish koefitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo`shimcha 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. 

Ma`lumot o`rnida, ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirildi. Umumiy qiymati 150 million AQSH dollari teng bo`lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar hisobiga tatbiq etildi. 

Nasiba Ziyodullayeva, O`zA