Yangi yil bayrami munosabati bilan ichki sayohatga katta chegirmalar eʼlon qilindi

Turizm va sport vazirligi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2021-yil 31-dekabr va 2022-yil 1-2-3-4-yanvar kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan quyidagi chegirmalar eʼlon qilindi:

1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki aviaqatnovlarga:

– 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945-yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va beg‘nuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar, Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun – 50 foiz;

– nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar, oila (2 va undan ortiq kishi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘gan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ona) uchun – 50 foiz;

– sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey, OO‘Yu talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari va tinglovchilari uchun – 40 foiz;

– alohida (individual) yo‘lovchilar uchun – 30 foiz.

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlariga uchun:

– nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 15 foiz;

– oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kolledj va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS va DB maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;

– oilalar (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;

– kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun (4 kishidan ortiq yo‘riqnoma asosiga) – 15 foiz; – “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun – 10 foiz chegirmalar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlariga sifatli va qulay transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Do‘stlik metrosi – Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnovi joriy yilning 20-dekabr kunidan boshlab, 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan oliy va o‘rta taʼlim taʼlim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilarning qishki taʼtilida doimiy turar joylariga borib kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan joriy yilning 25-dekabrdan 2022-yilning 10-yanvargacha mahalliy qatnovlari chiptalariga talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foizlik chegirma joriy qilingan.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlarida mahalliy ziyoratchilar uchun 20 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Shuningdek, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonhonalar va ovqatlanish shohobchalari tomonidan chegirmalar berilmoqda.