Mashhurlar vatan va vatanparvarlik haqida

Har kimning qalbida o‘z xalqi-ning jajji qiyofasi yashaydi.

Freytag

Saxovatning eng buyuk jasurliklari Vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.

Jan Jak Russo

Vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u Vatanga qizg‘in muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qayerda, har qanday vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.

V. Belinskiy

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma’rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizg‘in hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov bo‘layotgan narsalarga qahrli bo‘lmoqlikdir.

N. Nekrasov

Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidirlar; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» otli so‘zda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, — axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?

Sitseron

Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi.

G. Gegel

O‘zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan.

Blok

Faqat hamiyatsiz odamlargina vatan tuyg‘usining go‘zal va yuksakligini his etolmaydilar.

I. Pavlov

Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.

J. Bayron

SHARE