Yurtimizda Ramazon shukuhi (Fotogalereya)

    Yurtimizda Ramazon nafasi har qadamda seziladi. Iftorlikka yaqin hamma g’imirlab qoladi. Kimdir nisholda ko’targan, kimdir yaxdekkina suv, yana kimdir tarvuz ko’tarib, o’z xonadoniga – iftorlik uchun shoshiladi.

    “Bu yilgi Ramazon yilning eng issiq paytiga to’g’ri keldi. Lekin Alloh ro’zadorlarga sabr berarkan”, deydi bir yurtdoshimiz.

    Iftorliklar tugab, ko’chalar yana odamlarga to’ladi. Namozxonlar tarovih ibodatini bajarish uchun jome’ masjidlariga shoshiladilar. Bu yil ham yurtimizning barcha jome’ masjidlarida tarovih namozlarida xatmi Qur’onlar ado etilmoqda. Aksariyat masjidlarda Ramazonning 30 kunida 1 juz’dan Qur’on xatm qilinmoqda.

    Toshkent shahrining eng muhtasham jome’laridan biri Hazrati Imom masjidida ham tarovih ibodatlari mujavvid qorilarning go’zal qiroatlari bilan ado etilmoqda. Quyida ana shu masjiddan tushirilgan suratlar bilan tanishing:

    Suratlar muallifi: Husniddin Ato

    SHARE