20 yillikka yangi 500 so’mlik tangalar

2011-yil 1-sentabrdan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Vatanimizning 20-yillik to’yi munosabati bilan 500 (besh yuz) so’mlik yubiley tangalarini muomalaga kiritadi.

Olam.uzning xabar berishicha, tangalar oq rangli po’latda, nikel qoplamali bo’ladi.

Tanganing old tomoniga (avers) Toshkent shahri markazidagi “Xalqaro simpoziumlar saroyi” tasviri tushirilgan. Saroy tasviri ostida “500 so’m” yozuvi joylashgan. Aylana bo’ylab “O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 20 YIL” yozuvi mavjud.

Tanganing orqa tomoni (revers) markaziga O’zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan. Aylana bo’ylab “O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” yozuvi joylashtirilgan. Gerb ostida “2011” yozuvi tushirilgan. Gerb bo’ylab 72 ta qavariq nuqta joylashgan.

Tanganing diametri – 25,0 mm, qalinligi – 1,6 mm, vazni – 6,0 grammni tashkil etadi.

Yangi 500 so’mlik tanga Respublikamizning istalgan hududida hech qanday cheklovlarsiz pul sifatida muomalaga kiritilishi qonun bilan himoyalangan.