“Sharq Taronalari” festivali g’oliblari

Bu yilgi 8-bor o`tkazilgan “Sharq Taronalari” festivalida Afg’oniston, Angliya, Avstriya, Bangladesh, Bolgariya, Bruney, Chexiya, Eron, Fransiya, Gruziya, Hindiston, Irlandiya, Isroil, Italiya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Kuba, Latvita, Litva, Misr, Madagaskar, Mo’g’uliston, Nigeriya, Ozarbayjon, Polsha, Qirg’iziston, Qozog’iston, Singapur, Senegal, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Uels, Ukraina, Yaponiyadan kelgan jamoalar, shuningdek Armaniston, Rossiya va Xitoy davlatidan ikkitadan jamoa ishtirok etishdi.

Bu yil Samarqand o`z sahnasida Festival uchun yangi bo`lgan, Bruney, Irlandiya, Kuba Madagaskar, Polsha Sinegal va Chexiyalik san’atkorlarni qarshi oldi.

Festival doirasida muntazam o`tkazilib keladigan ilmiy konferensiya ham bo`lib o’tdi.

Festival ishtirokchilari chiqishlarini baholab borgan 11 kishidan iborat xalqaro hakamlar hay’ati xulosasiga ko`ra festivalning eng oliy, Gran Pri sovriniga va 10000 $ pul mukofotiga Janubiy Koreyalik Pak Jeong Vuk va Pak Jong Guklar loyiq topildi.

Shuningdek Ikkita birinchi o`rin va 7000$ lik pul mukofoti (har bir jamoaga) Xitoyning “Dunxuang nyu vords” badiiy jamoasi hamda Litvaning “Aysva” guruhiga;

Ikkinchi o`rin uchun belgilangan ikki o`rin va 5000$ lik pul mukofotlari esa uchta jamoaga, “Ovoye mehriboni” guruhi (Eron), “Sato” guruhi (O’zbekiston), hamda “Lider” (Rossiya) guruhlariga (3333$-har bir jamoaga);

Uchinchi o`rin uchun belgilangan ikki o`rin va 3000$ lik pul mukofotlari ham uch jamoaga, Ogulbibi Reimova va “Galkinish” ansambli (Turkmaniston), “Chvenburebi” guruhi (Gruziya) va “TALILEMA” (Madagaskar) (2000$-har bir jamoaga) guruhlariga;

UNESCO ning maxsus sovrini va 1000 $ lik pul mukofotlari Armanistonlik Jivan Gasparyan hamda hamyurtimiz Ilyos Arabovga, UNESCO ning “Go’zal ovoz sohibasi” maxsus sovrinlariga va pul 1000$ pul mukofoti Ozarbayjonlik xalq artisti Nazaket Teymurovaga;

“Milliy san’atni rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun” nominasiyasi – Isroilning “Dror” guruhi, hamda Mo’g’ulistonning “Xuk Mongol” guruhiga;

“Yorqin ijro” nominasiyasi esa Hindistonning “Varsi Brozers” jamoasiga,
“Samarqand” nominasiyasi Afg’oniston san’at instituti badiiy jamoasiga,

“Registon” muxsus sovrini Tojikistonlik Xurshed Ibragimovga taqdim etildi.

«Sharq taronalari» VIII xalqaro musiqa festivali hakamlar hay’ati Maxsus sovrini va pul mukofotiga esa O’zbekistonlik “Bog’ aro” guruhi sazovor bo’ldi.

III – o`rin sohibi – “TALILEMA” guruhi, Madagaskar:
– Bu bir juda katta nurga, ziyoga o`xshaydi. Odamlarning chehrasidagi doimiy tabassum, mehmonlarning poezd vokzalida kutib olinishidan to bu kunga qadar, xalqingizning juda mehmondo`stlik ekaniga shubha qoldirmadi. Siz Samarqandga kelsangiz o`zingizni topib ketarkansiz.
Biz juda katta taasurotdamiz, bu mukofotga sazovor bo`lishimiz bizga berilgan yaxshi baho deb o`ylaymiz. Va biz bir umr unutilmaydigan tajriba oldik, Sharq taronalari, Samarqand, o`zbek xalqi… Biz bugun Amir Temur, Ulug`bekday zotlar haqida bilib oldik va bundan keyin bular tarixi bilan yanada qiziqamiz. Biz yana O`zbekiston kela olamiz deb aytolmaymiz, butunlay ishonchim komil emas, biz ertaga qaytar ekanmiz bir so`z aytamiz: “biz sizni sevamiz”.
O`ylaymanki endi Madagaskar haqida odamlar eshitganda “I like to move it, move it” qo`shig`ini emas, haqiqiy Madagaskar musiqasi “TALILEMA” ijro etgan musiqani ko`z oldiga keltiradi.

Husniddin Ato
foto: PressPhoto.Uz

SHARE