O’zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Haj safariga jo’nab ketdi

19-oktabr kuni Haj safari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizdagi xalqaro aeroportdan yo‘lga chiqqan havo laynerida dastlabki 240 nafar ziyoratchilar Madinai munavvaraga eson-omon yetib oldilar.

Toshkent shahridan Muborak safarga otlangan ziyoratchilarga vrachlar, hojilarga xizmatda bo‘ladigan ishchi guruh vakillari hamda oshpazlar hamrohlik qildilar.

Ziyoratchilar jo‘nash oldidan minigokokk va grippga qarshi emlandilar. Shuningdek ularga Haj ahkomlarini batafsiul tushuntirilgan risolalar va videomateriallar taqdim etildi.

Ziyoratchilarimiz Madinadagi “Al-Masjidun nabaviy”dan 150 metr uzoqlikdagi mehmonxonada turishadi. Makkai mukarramada esa “Masjid al-harom”dan 4500 metr uzoqlikdagi mehmonxonalarda istiqomat qilishadi.

Hojilarimiz ziyoratni Madinai munavvardan boshlab, 3 kecha va 4 kun u yerda turib, so‘ng asosiy Haj amallarini bajarish maqsadida Makkai Mukarramaga yo‘l olishadi.

Bo‘lg‘usi hojilarimizga qulaylik yaratish maqsadida Buxora-Madina, namangan-Madina, Samarqand-Madina, Termiz-Madina, Urgach-Madina, Qarshi-Madina yo‘nalishlarida ham xalqaro reyslar tashkil etildi.

Bu yil O‘zbekistondan 5080 kishi haj ziyoratiga boradi.

SHARE