“Nasaf” – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi sohibi (Fotogalereya)

29-oktabr kuni Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi uchun o’tkazilgan xalqaro turnirning finalida g’alaba qozonib, bosh sovrinni qo’lga kiritdi.

Qarshi shahrida o’tgan ushbu uchrashuvda “Nasaf” futbolchilari Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasiga qarshi to’p surishdi.

18000 tomoshabin bilan liq to’lgan stadionda qarshilik futbolchilar hujumkor o’yin ko’rsatdilar. O’yinning 63-daqiqasida Ilhom Shomurodov aniq zarba bilan hisobni ochgan bo’lsa, oradan ikki daqiqa o’tib Andrey Pereplyotkins “Kuvayt SK” darvozasiga ikkinchi to’pni kiritdi. Kuvaytliklardan yagona javob to’pini Boris Kabiy o’z hisobiga yozdi.

2:1 hisobida g’alaba qozongan “Nasaf” futbolchilariga OFK kubogi va musobaqa oltin medallari topshirildi. Shuningdek, “Nasaf” jamoasi “fair play” – “halol o’yin” sovrini bilan taqdirlandi. “OFK kubogi-2011” musobaqasida raqiblar darvozasiga eng ko’p – jami 10 ta gol urgan hujumchi Ivan Boshkovich turnirning eng yaxshi to’purari sovrinini qo’lga kiritdi. Ushbu o’yining eng yaxshi o’yibchisi sifatida Artue Gevorkyan tan olindi.

[nggallery id=9 template=caption]

Suratlar muallifi: Husniddin Ato

SHARE