Katta Chilonzor ko‘chasi

    Muhrim A’ZAMXO’JAYEV

    O‘qishimizning yonidagi ko‘cha nomiga avval hech e’tibor bermagan ekanman. Lekin mana bunaqa manzara hosil bo‘lganidan keyin e’tiboring tushar ekan, nima qilsa ham.

    Ko‘k fondagi yozuvni yaxshi ko‘rib turibsiz, taxminimcha; sarlavhada ham yozilgan. Jigarrang taxtacha esa ancha qadimiy, axir “jumhuriyat” degan so‘z hozir ishlatilmaydi, ammo “qadim zamonlarda” ishlatilgan. Taxtachada (aslida u yog‘ochdan tayyorlanmagan) shunday deb yozilgan:

    Bu ko‘chaga jumhuriyatda xizmat ko‘rsatgan quruvchi Hamza nomidagi davlat mukofoti sohibi Shamsiddin Islomov nomi berilgan

    Va shu taxtachaning nomi yonidan ko‘cha nomi yozilgan taxtacha.

    Ma’lumot uchun shuni aytish mumkinki, Prezident farmoni bilan “ko‘p yillik samarali mehnati bilan mamlakatimizning qurilish sohasiga, zamonaviy shaharsozlik rivojiga qo‘shgan katta hissasi, murakkab va noyob inshootlarni sifatli bunyod etishda jonbozlik va fidoiylik namunasini ko‘rsatgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun” “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan, o‘sha vaqtda “Neftegazmontaj” qo‘shma korxonasi direktori hisoblangan Jalolov Mirodil Sobitovich ham shu ko‘chada istiqomat qilar edi.

    Ko’k taxtachani birinchi marta sentabrda, o‘qish boshlanishi kerak bo‘lgan kunda ko‘rib qolgandim. Hozir tekshirib ko‘rsam, ko‘cha nomi may oyida o‘zgargan ekan. Google Maps’da esa ko‘cha hali ham “Sh.Islamov” deb ko‘rsatilgan.

    SHARE