Alpomish izdoshlari uloq surdi

    17-18-dekabr kunlari Toshkent viloyati, Pskent tumanida o`zbek milliy sport o`yinlaridan bo`lmish Uloq-ko`pkari bo`yicha navbatdagi respublika kubogi bahslari bo`lib o`tdi.

    Musbaqaga tashrif buyurgan 8 jamoa bahsida Toshkent shahar polvonlariga teng keladiganlar topilmadi. Jamoaviy bahslar hisobiga ko`ra Toshkent shahar chavandozlari birinchilikni va musobaqa kubogini qo`lga kiritishdi.

    Ikkinchi o`rin Fargo`nalik polvonlarga va uchinchi o`rin Toshkent viloyati chavandozlariga nasib etdi.

    Quyida musobaqadan muxbirimiz olib qaytgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

    [nggallery id=14]

    SHARE