Obuna

Istagimiz shu: Amerikada o’zbek tilida gazeta chiqarishga bel bog’lagan bir necha azamatning mehnati mahsuli bo’lmish “Vatandosh” gazetasiga sizni obuna qilish.

Bunga erishsak, “Vatandosh” ijodiy jamoasining emas, balki Amerikadagi butun bir o’zbek jamiyatining xayrli ishiga hissa qo’shayotganlar sonini yana bittaga ko’paytirgan bo’lamiz.

Obuna dunyoning barcha davlatlari uchun ochiq!

 




Ushbu obuna turini tanlaganlarga, o’zlari istagan manzillariga, bir yil davomida “Vatandosh” gazetasining bosma nusxasi yuboriladi. Obunachilar gazetaning PDF-elektron nusxasini saytdan yuklab olishlari ham mumkin. Bir yil muddat uchun bir marta to’lanadigan obuna bahosi $49.99 AQSH dollari.


Ko’p So’raladigan Savollar (KSS)

  • Savol: Men AQShdan tashqarida yashayman. Gazetaga men ham obuna bo’lishim mumkinmi?

Javob: Albatta. Obuna barcha davlatlar uchun ochiq. Dunyoning istalgan davlatidan obunalarni qabul qilamiz va ularga gazetani pochta orqali yuboramiz.

  • Savol: Boshqa davlatda yashovchilar uchun ham obuna narxi bir xilmi?

Javob: Barcha davlatlar uchun obuna narxini bir xil.

  • Savol: Nega gazeta qimmat? Gazetalar Amerikada bepul yoki suv-tekin-ku!

Javob: Obunadan tushadigan mablag’ gazetani nashrdan chiqarish va pochta xarajatlariga sarflanadi. Gazeta ijodiy jamoasi obuna pulidan moddiy foyda ko’rmaydi. Maqsadimiz gazetani sotish emas, balki ko’proq odamga o’qitishdir! Ammo gazeta faoliyati to’xtab qolmasligi uchun xarajatlarni chiqarishimiz kerak.

  • Savol: Menda “Paypal” yoki bank hisob raqami yo’q. Men gazetaga qanday obuna bo’lishim mumkin?

Javob: Elektron to’lovni amalga oshirish umkoniyatiga ega bo’lmaganlar, tahririyatga xat yozib (info@vatandosh.com), to’lovni amalga oshirishning boshqa muqobil yo’llari haqida so’rashlari lozim. Biz “Western Union”, “Money Gram” kabi pul o’tkazish xizmatlari orqali ham obuna uchun to’lovlarni qabul qilamiz.

  • Savol: Gazetadagi hamma maqolalar saytga qo’yiladimi?

Javob: Yo’q, gazetadagi hamma maqolalar saytga qo’yilmaydi. Ayrim maqolalar maxsus faqat gazeta uchun yoziladi.

  • Savol: Gazeta bir oyda necha marta va necha sahifada chiqadi?

Javob: Gazeta bir oyda bir marta  va 16 sahifada chop etiladi. Sahifalarning to’rttasi rangli.

  • Savol: Gazeta faqat o’zbek tilidami? Qaysi yozuvda chiqadi: lotinchami yoki kirilcha?

Javob: Gazeta to’laligicha o’zbek tilida va kiril yozuvida chiqmoqda.


Qo’shimcha savollaringiz bormi? Marhamat, ularni bizga yo’llang: info@vatandosh.com