2021 yilda o`yin sanoatining daromadi 180,3 milliard dollarni tashkil etdi

Newzoo portali o`yin sanoatining 2021-yil natijalari bo`yicha hisobotni e`lon qildi. Bu yil dunyo bo`ylab video o`yin o`ynovchilarning umumiy soni 3 milliardga yetdi, daromad esa rekord ko`rsatkichlarni yangilab, 180,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o`tgan yilgi natijadan 1,4 foizga ko`pdir.

Newzoo mutaxassislarining dastlabki bashoratlari bozor foydasi 1,1 foizga pasayishini ko`rsatgandi va bu yilgi foyda 175,8 milliard dollar bo`lishi kerak edi. Biroq, real ko`rsatkichlar kutilganidan oshib ketdi va barchasi mobil tarmoqning o`sishi hisobiga yuz berdi. Tarmoq foydalanuvchilari soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 foizga oshgan. Shaxsiy kompyuter va konsol bozori ham “yaxshigina” foyda qildi. Ular mos ravishda 0,8 milliard dollar va 1,2 milliard dollardan ko`proq daromad erishdilar.

Bulut segmenti ham chetda qolmadi. O`tgan yilga nisbatan uning rentabelligi ikki baravardan ko`proqqa oshgan. Newzoo hisob-kitoblariga ko`ra, kelgusi uch yil ichida sektor hajmi yanada o`sishi kutilmoqda.

Newzoo 2021-yilda kibersport ham tobora ko`proq muxlislarga ega bo`lganini e`tibordan chetda qoldirmadi. Bu yilgi o`yinlarni 465,1 million kishi (o`tgan yilga nisbatan 6,7 foiz ko`proq) tomosha qilgan.

2024-yilga kelib, mutaxassislarning fikriga ko`ra, o`yin bozorining sof foydasi 218,7 milliard dollardan oshadi. Umumiy qiymatning 116,4 milliard dollari mobil segmentdan tushadi. Bulut sektori foydasi 6,5 milliard dollargacha o`sadi, kibersport esa 1,6 milliard dollar sof daromad keltiradi.