Pekin “SpaceX” sun’iy yo’ldoshlari xitoylik astronavtlarning hayotiga tahdid solayotganini ma’lum qildi

Pekin AQShning Yerga yaqin koinotdagi harakatlaridan noroziligini bildirib, Amerikaning xususiy kompaniyalari tomonidan raketa uchirilishi xitoylik astronavtlar hayotiga tahdid solayotganini qayd etdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Litszyan AQSh kompaniyalari sun’iy yo‘ldosh tashuvchi raketalarni uchirishi natijasida xitoylik astronavtlar hayotiga tahdid solgan AQShni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

“Qo’shma Shtatlar faqat so’zda mas’uliyatli, ammo u xalqaro shartnomalarga rioya qilmaydi, bu esa astronavtlar hayotiga xavf tug’diryapti”, dedi xitoylik diplomat matbuot brifingida.

Xitoy vakili AQShning “SpaceX” kompaniyasi iyul va oktyabr oylarida “Starlink” kichik sunʼiy yoʻldoshlarini uchirgani va bu xitoylik astronavtlar uchun xavfli vaziyat yuzaga keltirganini taʼkidladi.

Amerikaning ushbu kichik sun’iy yo’ldoshlari haqida ular o’sha paytda xitoylik astronavtlar ishlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining orbital kosmik stansiyasiga ikki marta yaqinlashganliklarini ta’kidladi.

E’tiborlisi, Xitoy kosmik stansiyasi qariyb 400 kilometr balandlikda joylashgan bo‘lib, 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. U uchta kosmonavtga mo‘ljallangan bo‘lib, ekipajni almashtirishda qisqa muddatga olti kishini sig‘dira oladi.

T shaklidagi majmua 66 tonna massaga ega, hajmi 110 kub metrni tashkil etadi va xalqaro loyihalar uchun foydalaniladi.