Pfizer dorisi boshqa dorilar bilan qabul qilinganda xavfli bo`lishi mumkin

Omikron to`lqini pandemiya bilan allaqachon “og`riyotgan” dunyoga tarqalib borar ekan, Pfizerning birinchi Covid-19ga qarshi tabletkalari jiddiy xavf guruhida bo`lgan odamlar uchun juda zarur bo`lgan himoyani va`da qilmoqda. Biroq, Pfizer yoki Merck kompaniyalarining yangi dori-darmonlari buyuriladigan aksariyat odamlar shifokorlar va farmasevtlarning qattiq nazorati ostida bo`lishi talab qilinadi. Shuningdek, koronavirusga qarshi dorilar hamma uchun ham xavfsiz bo`lmasligi mumkin deya ogohlantirmoqda mutaxassislar.

Pfizerning Paxlovid tabletkalari AQShning Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) tomonidan yurak xastaligi yoki diabet kabi koronavirusga chalinish oqibatida kasalxonaga yotqizish va o`lim xavfini oshiradigan yondosh kasalliklarga ega 12 va undan katta yoshdagi odamlarda yengil va o`rtacha darajadagi Covid-19ni davolash uchun tasdiqlangan.

Biroq, ushbu ikkita antiviral dorilardan biri odamlar tomonidan tez-tez foydalaniladigan dorilar, jumladan statinlar, antikoagulyantlar va ba`zi antidepressantlar bilan birga qabul qilinganda jiddiy yoki hayot uchun xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, Oziq-ovqat va farmasevtika idorasi og`ir buyrak yoki jigar kasalliklari bo`lgan odamlarga Paxlovidni tavsiya etmaydi.