Qirolicha Yelizavetaga suiqasddan so‘ng Britaniya arbaletga egalik qilish talablari kuchaytiradi

“Daily Telegraph” gazetasi Britaniya yaqinda Vindzor qasrida sodir bo’lgan voqeadan so’ng, arbaletga egalik qilish bo’yicha qonunni kuchaytiradi, deb xabar berdi.

Hozirda ushbu qurollarni 18 yoshdan oshgan har qanday fuqaro litsenziyasiz yoki ruhiy salomatlik sertifikatisiz sotib olishi mumkin.

Avvalroq politsiya Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Milod bayramini nishonlayotgan Vindzor qasriga bostirib kirib, unga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan o‘q-yoy bilan qurollangan shaxsni qo‘lga olgani haqida xabar berilgan edi.

Erkak 1919-yilda Britaniya mustamlakachiligi ostida bo‘lgan Hindistonning sikxlar hurmat qiladigan Amritsar shahri va uning Oltin ibodatxonasi qirg‘inida halok bo‘lganlar uchun qasos olmoqchi ekanligini aytgan.

U irqi tufayli o’ldirilgan, kamsitilgan yoki irqiy kamsitish qurboni bo’lganlar uchun qasos olishini qo’shimcha qildi, u hindistonlik sikx ekanligini va uning ismi Jasvant Singx Chail ekanligini aytgan.