Rim papasi Italiyada tug‘ilishning pastligini fojia deb baholadi

Rim papasi Fransisk Italiyada tug‘ilish darajasi pasayganidan afsuslanib, bu mamlakat kelajagiga tahdid solishidan ogohlantirdi.

Yakshanba kuni Papa avliyo Pyotr cherkovi oldidagi o’zining haftalik marosimida: “Aholining kamayishi hech bo’lmaganda Italiyada haqiqiy tashvish uyg’otadi”, dedi.

U qo‘shimcha qildi: “Ko‘pchilikning farzand ko‘rish istagi yo‘qolganga o‘xshaydi, ko‘p juftliklar farzandsiz qolishni yoki bitta farzandli bo‘lishni afzal ko‘rishadi”.

Milliy statistika idorasi shu oyda Italiyada yangi tug’ilgan chaqaloqlar soni eng past darajaga tushib qolganini va ketma-ket 12 yil davomida pasayganini aytdi.

Milliy statistika idorasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili tugʻilganlar soni 404.892 nafarni tashkil qilgan, bu 2019-yildagidan 15.192 nafardan kam. 2020-yilda oʻlimlar soni 746.146 nafarga yetgan, bu esa Italiya aholisining 59,3 millionga kamayganini koʻrsatdi.

Statistika idorasi tug’ilishning qisqarishi bu yil ham davom etganini va Covid-19 pandemiyasi buning sabablaridan biri ekanligini qo’shimcha qildi.