Tolibon xorijiy seriallarni namoyish qilishni taqiqladi

OAV vakillarining taʼkidlashicha, afgʻon toliblari mahalliy OAVga shariat qoidalariga zid boʻlgan xorijiy teleseriallar, shuningdek, hijobsiz ayollar va har qanday qoʻshiqlarni efirga berishni taqiqlagan.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining RIA Novostiga aytishicha, Tolibon hukumati Madaniyat qo‘mitasi qizlarni moda liboslarida, hatto reklamalarda ham ko‘rsatishni taqiqlagan, barcha ayollar ro‘mol o‘rashlari shart, OAV esa afg‘on madaniyati va islom qonunlariga zid bo‘lgan xorijiy teledasturlarni ko‘rsatishmasligi kerak.

Ommaviy axborot vositalari mish-mishlarga asoslanmagan, ma’qul xabarlarni taqdim etishi, Afg‘onistondagi xorijiy OAVlar esa mamlakat hukumati tomonidan belgilangan me’yorlarga amal qilishi kerak, aks holda ular taqiqlanadi.