Xitoy “sun`iy prokuror” ishlab chiqdi

Xitoylik olimlar og`zaki hisobot asosida 97 foiz aniqlik bilan ayblovlarni taqdim eta oladigan sun`iy aql asosida ishlovchi “prokuror”ni ishlab chiqdilar.

Yangi texnologiya Shanxaydagi Pudong tumani xalq prokuraturasida sinovdan o`tkazildi. Olimlarning ta`kidlashlaricha, bunday “prokuror”larning ish jarayonlariga jalb qilinishi prokurorlar zimmasiga tushayotgan kundalik yuk hajmini kamaytiradi. Bu esa ularga yanada murakkab ishlarga e`tibor qaratish imkonini beradi. Ularning fikricha, sun`iy tizim qaror qabul qilish jarayonida ma`lum darajada prokurorlarning o`rnini bosa oladi.

“Sun`iy prokuror” 2015-yildan 2020-yilgacha bo`lgan davrda ko`rib chiqilgan 17 mingdan ortiq ishlar asosida “o`qitildi”. “Raqamli prokuror”ning ayblov xulosasi ish tavsifini tahlil qilish paytida uning tizimi ishlaydigan minglab xususiyatlarga asoslanadi.

“Raqamli prokuror” allaqachon Shanxayda eng ko`p uchraydigan sakkizta jinoyat turlari bo`yicha ayblov e`lon qilishi mumkin. Ushbu ro`yxatga kredit kartalari firibgarliklari, qimor o`yinlari, transport vositalarini ehtiyotsizlik bilan boshqarish, qasddan jarohat yetkazish, xizmat vazifalarini bajarishga to`sqinlik qilish, o`g`irlik, firibgarlik va bezorilik kiradi.

Olimlarning fikricha, kelajakda “raqamli prokuror” jiddiy jinoyatlar bo`yicha ayblovlar chiqarishi mumkin bo`ladi.