Yunoniston sohillarida 13 muhojir cho`kib ketdi

Yunonistonning Proto tema gazetasining xabar berishicah, jumadan shanbaga o`tar kechasi Paros shahri yaqinlaridagi sohilda muhojirlarni olib ketayotgan yelkanli kema cho`kib ketgan.

Nashrning yozishicha, kamida 13 kishi halok bo`lgan va 63 nafar qutqarilgan. Kema bortida 80 kishi bo`lib, halokat sabablari hozircha noma’lumdir.

Mahalliy qutqaruvchilar bedarak yo`qolganlarni vertolyotlarda qidirishmoqda.

O`tgan yili yunon hukumati Turkiyani o`z chegarasida qochoqlarni yig`ib olib, ularning Yevropa Ittifoqiga kirishga bo`lgan harakatlarini qo`llab-quvvatlashda ayblagan edi. Yunoniston hukumatining mahalliy vakili Stelios Petsasning aytishicha, qochoqlar mamlakat milliy xavfsizligi uchun tahlikalidir.