Yuzlab afg`onistonliklar Eron chegarasida to`planib qoldi

532 nafar afg`onistonliklar mamlakatning Hirot viloyatiga yaqin bo`lgan Islom qal’a chegara punktida to`planib, Eronga o`tish ilinjida qahraton sovuqda kutib o`tirishibdi.

Eron hukumati Covid-19 pandemiyasi tufayli chegarani yopganini na’lum qilgan.

Islomqal’ada to`plangan insonlarning aytishicha, ularning pasportlarida katta miqdorda pul evaziga olingan Eron vizasi mavjuddir.

“Vizalarimiz bor, ammo ular bizni chegaradn o`tkazishmayapti. Eron chegarachilari bizga yomon munosabatta, huddi daydilarga qilingan muomalani qilmoqda. Sovuqdan qaltirab ketyapman, ammo baribir ulardan javob kutib o`tiribman,” deydi Kapisa viloyatidan kelgan Shohib Umarzoda.

said Shoib Omarzada.

“Bu yerda oziq-ovqat yo`q, havo ham sovuq. Chegaraga keldik, ammo eronliklar uni yopib qo`yib, o`tkazmayapti. Vizaga 30,000 afg`oniy to`ladim va 4 kechadan beri shu yerdaman,” deydi Hirotlik Jumagul Rahmoniy.

“Eron vizaga va yo`l xarajatlariga pul sarflaganlarni chegaradn albatta o`tkazib yuborishi shart,” degan Islomqal’a chegara posti boshlig`I o`rinbosari Humoyun Hamad.

Afg`oniston islom amirligi rasmiylarining aytishicha, ular mazkur holatni Eron vakillari bilan allaqachon muhokama qilishgan.

“Chegarani yopish qarori Eron konsulligiga oid emas. Bu qaror Eron tashqi ishlar va Sog`liqni saqlash vazirliklari tomonidan qabul qilingandir. Biz Eron Tashqi ishlar vazirligi bilan chegarada to`planib qolgan insonlar uchun postni ochish borasida muzokara olib bordik,” deydi Hirotdagi Tashqi ishlar boshqarmasi vakili Sher Ahmad Muhojir.